Gisteroskopiya - salomatligingiz yo‘lidagi muhim qadam
Bu nima?
Gisteroskopiya - diagnostika va davolash usuli bo‘lib, shifokorga bachadon bo‘shlig‘ini sinchkovlik bilan tekshirish va uning ichki tuzilishi holatini baholash imkonini beradi.
Bu qachon zarur?
- Bachadon tanasi yoki bachadon bo‘yni poliplari, bachadon bo‘shlig‘ida joylashgan miomatoz tugunlar, bachadon bo‘shlig‘ida chandiqli jarayon yoki to‘siq mavjudligi shubha qilinganda
- Bepushtlik sabablarini aniqlash uchun EKU muolajalariga tayyorgarlik ko‘rishda, EKUdagi ko‘p marta muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng
- Odatiy homila tushishi - 2 va undan ortiq o‘z-o‘zidan homila tushishi yoki rivojlanmaydigan homiladorlik hollarida
Muolaja qanday o‘tkaziladi?
Ingichka gisteroskop yordamida shifokor bachadon bo‘shlig‘ining yuqori aniqlikdagi tasvirini oladi
Afzalliklari
- Minimal shikastlanish
- Tez tiklanish
- Yuqori aniqlikdagi tashxis
Onalik orzusiga ishonch bilan intilish uchun klinikamizda gisteroskopiyaga yoziling!
Batafsil ma’lumot olish uchun qo‘ng‘iroq qiling:
+998 95 470 15 15
+998 78 113 66 60
Sizni quyidagi manzildagi klinikamizda kutib qolamiz: Yunusobod tumani, Sharq Haqiqati MFY, Yangiqo‘rg‘on 1, 94-uy.