Spermogramma - er-xotinni tekshirishdagi birinchi qadam. Toshkent shahridagi “SILK Medical Clinic” sperma tadqiqotlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Erkaklar unumdorligini eng aniq baholash uchun mutaxassislarimiz keng qamrovli tahlilni tavsiya qiladilar. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: JSST me’yorlariga muvofiq spermogramma, MAR testi, Kryuger bo‘yicha morfologiya.
JSST me’yorlari asosida spermogramma
Spermatozoidlarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash imkonini beruvchi asosiy tadqiqot: spermatazoidlar miqdori, harakatchanligi va sifati. O‘zbekistondagi “SILK Medical Clinic” da embriologlarning o‘zlari spermani tahlil qilishadi va aniqroq natijalarga erishish uchun mikroskop ostida qo‘lda hisoblash usulidan foydalanishadi. Natijalarni rasshifrovka qilish:
- Normospermiya - barcha ko‘rsatkichlar me’yor doirasida.
- Normozoospermiya - umuman, ko‘rsatkichlar me’yorda, ammo homilador bo‘lish qobiliyatiga ta’sir qilmaydigan kichik og‘ishlar bo‘lishi mumkin.
- Agar sperma miqdori yetarli bo‘lsa, bu oligospermiya.
- Agar spermatazoidlar kontsentratsiyasi kamaygan bo‘lsa, bu oligozoospermiya.
- Astenozoospermiya – spermatazoidlarning harakatchanligi past.
- Akinozoospermiya – spermatazoidlar harakatchan emas.
- Agar eyakulyatda tirik spermatazoidlar mavjud bo‘lmasa, bu nekrozoospermiya bo‘ladi.
- Teratozoospermiya – yuqori miqdordagi anomal shakldagi spermatazoidlar.
- Azoospermiya – spermada spermatazoidlarning mavjud emasligi.
- Eyakulyatda eritrotsitlarning mavjudligi, gemospermiya, leykotsitlar miqdorining oshishi esa – leykotsitospermiya.
Kryuger bo‘yicha morfologiya
Tuxum xujayrani urug‘lantirish qobiliyatiga ega spermatazoid to‘g‘ri “tashqi ko‘rinish” - morfologiyaga ega bo‘lishi kerak. Kryuger bo‘yicha morfologik tahlil spermogramma bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. U spermatozoidlarning normal va g‘ayritabiiy shakllarining foizlardagi nisbatini aniqlash imkonini beradi. Normal shakllarning 14% dan yuqoriligi spermaning urug‘lantirish qobiliyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi, 4-14% - urug‘lantirish ehtimoli pasaygan, 0-3% - patologik holat, tabiiy yo‘l bilan urug‘lantirish imkoni yo‘q.
MAR testi
Autoimmun bepushtlikka shubha qilinganda, erkak organizmi o‘z spermatozoidlariga qarshi antitanalar ishlab chiqarganda amalga oshiriladi. Patologiya rivojlanishining sabablari, yallig‘lanish jarayonlari, varikotsele, jarrohlik aralashuvlari va JYYK (jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar) lar bo‘lishi mumkin. Antispermal antitanalar (ASAT) spermatazoidlar atrofida “yopishib”, ularni harakatchanlik va tuxumni urug‘lantirish qobiliyatidan mahrum qiladi. Standart spermogramma ACAT bilan zararlangan spermatazoidlar mavjudligini aniqlay olmaydi.Test natijalari normal spermatazoidlar va ACAT bilan zararlangan xujayralar o‘rtasidagi foizlik nisbatini ko‘rsatadi: 10% dan kam zararlanish – me’yor, homiladorlik bo‘lishi mumkin. 10 dan 50% gacha - auoimmun bepushtlik ehtimoli bor, 50% dan ortiq - test ijobiy, autoimmun bepushtlikni tasdiqlanadi.
Spermatazoidlar DNK lari fragmentatsiyasini baholash
DNK-fragmentatsiya - bu spermatozoid boshchasidagi DNK nuklein zanjirlari buziladigan patologiya. Toshkentdagi “SILK Medical Clinic” klinikasi shifokorlari, er va xotin uzoq vaqt davomida tabiiy yo‘l bilan farzand ko‘ra olmasa, homiladorlik dastlabki bosqichlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa yoki EKU dasturlarida yomon sifatli embrionlar olinsa, ushbu testni o‘tkazishni tavsiya qiladi. Spermatozoidlarning genetik buzilishining sababi quyidagi tashqi omillar bo‘lishi ham mumkin: tana haroratining ko‘tarilishi, rentgenologik tadqiqotlar, kimyoviy davolash. DNK fragmentatsiyasi 15% dan ko‘p bo‘lmagan spermatozoidlarning mavjudligi, me’yor hisoblanadi. Agar namunada 30% dan ko‘proq patologiyali spermatozoidlar aniqlansa, homiladorlik uchun IKSI muolajasi o‘tkazish zarur bo‘ladi. DNK fragmentatsiyasi ko‘rsatkichlari doimiy emas, shuning uchun tahlilni bir necha haftadan keyin yana takrorlash tavsiya etiladi.
Tadqiqot uchun sperma topshirishga tayyorgarlik ko‘rish paytida, 3-5 kun davomida jinsiy aloqadan tiyilish, oxirgi hafta davomida chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish, haddan tashqari qizish - issiq hammomlarga borishdan, issiq vannalardan saqlanish kerak.
Sperma tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi SILK Medical Clinic klinikasi shifokorlari maslahatlar berishadi, tashxis qo‘yishadi va optimal davolash kursini taklif qilishadi. Clinic в Ташкенте дадут консультацию, поставят диагноз и предложат оптимальный курс лечения.